Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy poytaxtimizda bo‘lib o‘tadigan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o‘n oltinchi sammitida ishtirok etish uchun 9 noyabr kuni mamlakatimizga keldi.
Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Ma’lumot o‘rnida qayd etish lozim, keyingi yillarda oliy darajadagi O‘zbekiston va Eron muzokaralari samarali va amaliy ruhda o‘tmoqda. O‘zaro hamkorlikning turli sohalarini qamrab olgan qator hujjat qabul qilindi.
Eslatib o‘tish o‘rinli, Prezident Ibrohim Raisiy o‘tgan yili 14 sentyabrda rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan edi. Davlatimiz rahbari esa joriy yilning 18 iyunida rasmiy tashrif bilan Eronda bo‘ldi.
Ikrom AVVALBOEV,
Nosirjon HAYDAROV (surat), O‘zA