BMT Xavfsizlik kengashi 9 noyabr, payshanba kuni Yaqin Sharqdagi mojaro bo‘yicha ochiq yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda Dubay media markazida joylashgan “Al-Arabiya” yangiliklar kanali mamlakatning BMTdagi doimiy vakili Lana Zaki Nuseybaga tayanib ma’lum qildi.

Diplomat qo‘shimcha qilishicha, noyabr oyida Kengashga raislik qilayotgan Xitoy “Ushbu gumanitar falokatni diqqat markazida ushlab turish uchun rasmiy va norasmiy yig‘ilishlarni muntazam o‘tkazish niyatida”. Ayni payt BMT XK “o‘nta” doimiy bo‘lmagan a’zo tomonidan tayyorlangan Yaqin Sharq rezolyutsiyasi loyihasi bo‘yicha maslahatlashuv o‘tkazyapti, muhokamalarda barcha 15 a’zo davlat ishtirok etmoqda.

O‘tgan oy Kengash Falastin – Isroil ziddiyati bo‘yicha to‘rtta rezolyutsiya loyihasining birortasini ham qabul qila olmadi. Hozir nomuntazam “o‘nta” a’zo avvalgi rezolyutsiya loyihasi qoidalari jamlangan hujjatni ishlab chiqmoqda.

BMT XK Rossiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, AQSH va Fransiya vakillaridan iborat 5 doimiy va 10 nafar doimiy bo‘lmagan a’zodan iborat. Nomuntazam a’zolar Bosh Assambleya tomonidan ikki yil muddatga saylanadi, ulardan 5 nafari har yili qayta saylanadi. Kuchli o‘nlikda hozir Albaniya, Braziliya, Gabon, Gana, Malta, Mozambik, Birlashgan Arab Amirliklari, Shveysariya, Ekvador va Yaponiya bor.

Dushanba kuni Xavfsizlik Kengashi Xitoy va BAA tashabbusi bilan Yaqin Sharqdagi mojaro bo‘yicha – G‘azo sektori shimolidagi Jebaliya falastinlik qochqinlar lageriga va “Ash-Shifo” markaziy kasalxonasi yaqinida tez yordam mashinalari karvoniga uyushtirilgan hujum munosabati bilan yopiq yig‘ilish o‘tkazdi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA