Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi shahrida o‘tadigan uch kunlik “Jahon media kongressi-2023” dasturidan ko‘plab loyihalar qatori innovatsion va qiziqarli “Co-Production” majlisi ham o‘rin olgan.
Soha yetakchilari, innovatorlari uchun taklif qilinadigan mazkur platforma ishtirokchilarga aloqa o‘rnatish, fikr va bilm almashish, amaliy tatqiqotni muhokama qilish va hamkorlikka oid salohiyatni o‘rganish imkonini beradi. Tadbir seminar, innovatsiya, “NexTech”, “Sahna yaratish”, ta’lim, davra suhbati va “Kelajak media laboratoriyasi” kabi 6 ta aniq yo‘nalishdan iborat.
– Joriy yil Jahon media kongressi tarkibiga “Co-Production” majlisi kitiritilishi sifatli media-kontentning dolzarbligi, tijoriy nuqtai nazardan samarali tarzda tarqatish muhimligini ta’kidlashga qaratilgan, – deydi BAA axborot agentligi – WAM bosh direktori, tadbir oliy tashkiliy qo‘mitasi raisi Muhammad Jalol Ar-Raisiy. – Dunyo bo‘ylab kontent yaratuvchilarni tashvishga soladigan asosiy masalalardan biri iste’molchi topish va mahsulotni sotish. Ushbu majlis muallif va xaridor hamkorligini o‘rnatish uchun samarali platforma bo‘lishi lozim.
Arab dunyosida ko‘ngil ochar investitsiya istiqbolini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotgan “Co-Production” g‘oyasi soha kelajagini shakllantirishga mo‘ljallangan yangi loyihalar uchun ilhom manbai, ko‘nikma almashish markazi bo‘lishi kutilyapti.
Sh.Toshtemirova, O‘zA