Avval xabar qilinganidek, bugun Ostona shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tadi. Sammitni keng yoritilishida OAV vakillari uchun matbuot markazi tashkil etilgan.

Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi kun tartibidan tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya, ekologiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda yanada rivojlantirish masalalari o‘rin olgan.

Joriy yilda Turkiy davlatlar tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasi raislik qilmoqda.

O‘zA fotomuxbiri
Otabek Mirsoatov olgan suratlar