Isroil harbiy amaliyotni kengaytirayotganini ro‘kach qilib, xalqaro ommaviy axborot vositalari xodimlaridan G‘azo sektorining shimoliy qismini zudlik bilan tark etishni talab qildi, deya xabar tarqatdi “ISNA” agentligi.
Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, Isroil – Falastin mojarosi keskinlashgandan buyon hududda 24 nafar OAV xodimi qurbon bo‘lgan. Sohaning sakkiz vakili jarohat olib, uch kishi bedarak ketgan.
Ta’kidlanishicha, “G‘azo sektorida voqealarni yoritayotgan jurnalistlar jiddiy xavf ostida qolmoqda”.