Janubiy Koreyaning elektronika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Samsung Electronics” kompaniyasining sof daromad o‘tgan chorak avvalgi yil shu davriga nisbatan 37,8 foiz pasayib, jami 5,84 trillion von (taxminan 4,3 milliard dollar)ni tashkil etdi, deyiladi korxona tarqatgan xabarda.
Hisobot davrida tushum 12,2 foiz kamayib, 67,4 trillion von (49,9 milliard dollar)ni ko‘rsatgan.
Avvalroq kompaniya uchinchi chorak uchun tushum 67 trillion von (49,6 milliard dollar) atrofida bo‘lishini bashorat qilgandi.
“Samsung” smartfon bozoridagi talab iste’molchi kayfiyatidan kelib chiqib, kelasi yil tiklanishini bashorat qilmoqda. Bundan tashqari, endi asosiy e’tibor qimmat segmentga qaratilishi ham ma’lum qilingan.
Aksiyalari Seul birjasida 0,3 foiz arzonlashgan “Samsung Electronics” yarim o‘tkazgich, telekommunikatsiya jihozi, xotira chipi, suyuq kristal displey, mobil telefon va monitor ishlab chiqaruvchi xalqaro kompaniya hisoblanadi.