2023 yil yanvar-sentyabr oylarida mamlakatimiz iqtisodiyotiga Rossiyadan jalb qilingan investitsiya va kredit ulushi jami xorijiy investitsiyaning 15,9 foizini tashkil etdi. Bu ikkinchi ko‘rsatkich.
Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, hisobot davrida asosiy kapitalga yo‘naltirilgan xorijiy investitsiya va kredit miqdori 2022 yilning shu davriga nisbatan 20,1 foiz oshib, 104,4 trillion so‘m yoki 46,1 foizga ko‘tarilgan.
Mazkur reytingda Xitoy yetakchi – 24,5 foiz, Saudiya Arabistoni esa 7 foiz bilan 3-o‘rinni egallagan.
Umuman, Rossiya O‘zbekistonning eng yirik investorlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ushbu davlat kompaniyalarining iqtisodiyotimizga kiritgan sarmoyasi 11 milliard dollardan oshdi.
G.Sattorova, O‘zA