Rossiya KXDR va XXR bilan birga oldindan hech qanday shart qo‘ymasdan Koreya yarim oroli xavfsizligi muammosi bo‘yicha muzokaraning doimiy jarayonini yo‘lga qo‘yish tarafdori, deb bayonot berdi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

– Yarim orol atrofida AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreyaning harbiy faolligi oshgani, mintaqaga Vashingtonning strategik infratuzilmalari keltirilgani Shimoliy Koreya kabi bizni ham xavotirga solmoqda, – dedi Lavrov Pxenyanda jurnalistlar bilan uchrashganda. – Ushbu o‘ylanmay tashlanayotgan qadamga deeskalatsiyaga, vaziyatni keskinlashtirmaslikka qaratilgan rejani qarshi qo‘yamiz. Bunday sa’y-harakatni Shimoliy Koreya va Xitoy bilan birga amalga oshiramiz hamda vaziyatni keskinlashtirishga qarshi muqobil amaliyot taklif etishga intilamiz.