Xitoy Raisi Si Szinpin va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakatlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishlarini tasdiqlashdi. Ikki mamlakatning strategik muvofiqlashtirish amallari samarali davom etmoqda, ikki tomonning savdo hajmi tarixiy ko‘rsatkichga erishdi. Bu haqda XXR yetakchi bayonot berdi.

“Pekin va Moskvaning siyosiy ishonchi muntazam chuqurlashib bormoqda”, deb undan iqtibos keltirdi DPA agentligi.

Putin ham o‘z navbatida murakkab xalqaro sharoitlarda Xitoy bilan yaqindan tashqi siyosiy muvofiqlashtirish ahamiyatining oshib borayotgani to‘g‘risida gapirgan.

Ikki tomonlama savdo hamining sezilarli darajada o‘sganligini ta’kidlab, uning yil oxirigacha 200 milliard dollardan oshib ketishiga ishora qildi.

Si Szinpin “Bir makon, bir yo‘l” sammitining ochilish marosimida G‘arb tomonidan qo‘llanilayotgan iqisodiy sanksiyalarni tanqid qilib chiqdi.

-Biz bir tomonlama sanksiyalarga, iqtisodiy cheklovlarga, logistika zanjirining izolyatsiyasi va buzilishiga qarshimiz”, deb qayd etdi u.

Xabarda aytilishicha, XXRning Rossiyaga eksporti 50 foizga oshgan. Xitoy rus energetikasining muhim importerlaridandir.

O‘zA