Bugun Pekinda “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumi ish boshladi. Uning ochilishida so‘zga chiqqan Xitoy Raisi Si Szinpin 10 yildan beri mazkur tashabbusning ko‘plab aniq, shuningdek, ramziy loyihalar amalga oshirildi.
-10 yil davomida oldimizga qo‘yilgan tegishli maqsadlarga erishish uchun doimiy sa’y-harakatlar bajarildi. “Makon va yo‘l” tashabbusi rejalar va loyihalardan amaliy ishga o‘tildi, dedi davlat rahbari.
Uning ta’kidlashicha, Ipak yo‘li jamg‘armasi kapitali 10,9 milliard dollarga oshiriladi. “Mablag‘lar qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi”.
Ipak yo‘li jamg‘armasi 2014 yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning umumiy kapitali 40 milliard dollar va 100 milliard yuandan iborat.
Si Szinpin Xitoy mahsulotlarining eksporti va importi 2024-2028 yillarda 32 trillion dollardan, savdo xizmatlari esa 5 trillion dollardan oshadi, deb qayd etdi.
Uning bayonotiga ko‘ra, davlat China Development Bank va Export-Import Bank of China banklarining har biri taxminan 47,8 milliarddan “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi loyihalarini amalga oshirish uchun ajratadi.
“Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi 2013 yilda XXR Raisi Si Szinpin tomonidan manfaatdor mamlakatlar va Xitoy, xorijiy kapital ishtirokida savdo-investitsiyaviy ko‘p tomonlama loyihalarni amalga oshirishni faollashtirishga qaratilgan.
O‘zA