Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Pekinga tashrifi chog‘ida Vetnam Prezidenti Vo Van Txuong, Tailand Bosh vaziri Setta Txavisin, Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux va Laos Prezidenti Txongloun Sisulit bilan uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda jurnalistlarga RF yetakchisining xalqaro masalalar bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.
– Putin allaqachon Vetnam, Tailand, Mo‘g‘uliston, Laos rahbarlari bilan uchrashuvni rejalashtirgan, – dedi Kreml vakili. – Prezidentimiz jadvalga kiritilgan bu tadbirlardan tashqari, yana boshqa uchrashuvlar o‘tkazishi ham kutilyapti. O‘ylaymanki, hozir e’lon qilingan ro‘yxat yana to‘ldiriladi.
17-18 oktyabr kunlari Pekinda o‘tadigan “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro hamkorlik forumida 130 dan ziyod mamlakat vakillari, jumladan 23 davlat rahbari Pekinga borishi kutilyapti.