G‘azo sektorida faoliyat ko‘rsatayotgan harbiy jarroh Hasan Abu-Sitta ta’kidlashicha, Isroil zarbalaridan jabrlanganlarning salkam yarmi bolalardan iborat.
“Isroil bergan aviazarbalardan yaralanganlarning 40 foizi bolalar” dedi u CNN telekanali efirida chiqish qilib. Ularning ko‘pchiligi o‘z uyi vayronasi ostida qolgan. “Jarohatlar jarrohlik amaliyotini talab qiladi”, – qo‘shimcha qilgan u.
Avvalroq Falastin sog‘liqni saqlash vazirligining G‘azo sektoridagi vakili Ashraf Kudra hududda sog‘liqni saqlash tizimi zaxirasi tamom bo‘lgani, jabrdiydalarga yordam berishga ulgurilmayotgani haqida bayonot bergandi.