Xalqimiz mirishkor. Shunga yarasha, dehqonchilikning hadisini olgan kishidan zaminimiz ham barakasini ayamaydi. Ammo, “otang – bozor, onang — bozor” degan naql ham bejizga aytilmagan. Erta bahordan kech kuzgacha mehnat qilib, mo‘l hosil olsangu, munosib narxda sotolmasang, qilgan mehnating havoga uchgandek gap. Shu ma’noda bugungi dehqon nafaqat o‘z kasbining ustasi, balki bozorning hadisini olgan bo‘lishi kerak.

Bir filmda shunday lavha bor: dehqon kartoshka eksa uning bahosi tushib, piyoz qimmatlashadi, keyingi yilpiyoz ekib, qoplab, yo‘l chetiga chiqarib tursa, xorij mashinasida bir tadbirkor kelib,mahsulotga judapast baho beradi. Bechora dehqonu aytgan narxda sotishga majbur.Chunki, mahsulotni saqlab turishdan naf yo‘q, uning narxi kun sayin pasayib borayotgandi.

Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, birmavsumdaqimmat bo‘lganqishloq xo‘jaligi mahsuloti, ikkinchi yil arzon bo‘ladi. Nega? Inson psixologiyasi qiziq, bozorda qaysi mahsulot qimmat bo‘lsa, keyingi mavsumda ko‘proq foyda olish umidi-da,shu ekkinni ekishga harakat qiladi. Lekin unga o‘xshagan “aqlli”lar ko‘p bo‘lishi mumkinligini unutib qo‘yadi, chog‘i…

Demak, bugungi dehqon ham dala ishidan, hambozor marketingidan xabardor bo‘lsagina, daromadida baraka bo‘ladi.

O‘zbekistonimiz uzum, o‘rik, poliz ekinlari, sabzavotlar, quritilgan mevalar eksportida dunyodaoldingi o‘rinlarda turishi ko‘pchilikka sir emas. Misol uchun, turshak eksportida ikkinchi, o‘rik va mayiz eksportida to‘rtinchi, gilosda beshinchi, karam va olxo‘ri eksportida yettinchi va sakkizinchi o‘rinlar mamlakatimizga tegishli.

E’tibor qiling, biz dunyoda o‘rik sotish bo‘yichato‘rtinchi o‘rindamiz. Bu Markaziy Osiyo yoki MDH davlatlari doirasida emas,balki dunyodagi ikki yuzdan ortiq davlat orasida to‘rtinchi o‘rin.

Biz bunday talabdan unumli foydalanib,ekologik toza, organik mahsulotlarimizni dunyo bozorida munosib narxlarda sotishni o‘rganishimiz kerak. Axir, eksportdan maqsad faqat sotish emas, foyda ko‘rish-ku.

Dunyo bozorining yana bir jihati bor.Ya’nipast narx qo‘yilgan mahsulot xaridorda shubha uyg‘otadi. U o‘ylaydi buning sifati past yoki yangi uzilmagan bo‘lsa kerak deb. Shunday ekan, ko‘p mahsulotniarzon sotgan yaxshimi yoki kamroq bo‘lsada qimmat sotganmi?

Statistik ma’lumotlarga e’tibor qilsak, dunyo bozorida organik mahsulotning o‘rtacha narxi 5 dollar. O‘zbekistonda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari esaekologik toza hisoblanadi. Shunday bo‘lgach, biz hech bo‘lmasa 3-4 dollarga sotishimiz kerak-ku!

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 29 martida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida bu holat alohida qayd etilgan. Xususan, hosilning bir qismi nobud bo‘lishi, shuningdek, yetishtirilgan mahsulotni arzon narxlarda sotish tufayliqishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy ko‘rsatkichlari pastligicha qolmoqda.

Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, joriy yildamamlakatimizda 25 million tonnagacha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiriladi. Ularning har biri turi -eksportbop.Shu vaqtga qadar dehqon peshona terimahsuli bo‘lgan mahsulotlarni munosib narxlarda sotolmas edi. Sababi, ularni savdosi bilanmutaxassis bo‘lmagan subyektlar shug‘ullanib kelgan.

Endi esa dunyo bozoridagi narx-navoni monitoring qilib boradigan vayurtimizdan eksport qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun mas’ul bo‘lgan “O‘zagroeksport” faoliyat yuritmoqda. Uhaqiqiy bozor narxlarini shakllantirishdadastlabki qadamlarni qo‘ydi. Misol uchun, bu yilgi gilos hosili 4 dollargacha bo‘lgan narxda eksport qilinmoqda. Uning o‘tgan yilgi bahosi 2 dollar atrofida edi.

Vaholonki, Amerika, Turkiya, Chili kabi davlatlar gilosning kilosini 6 dollardan 15 dollargacha bo‘lgan bahodaeksport qilmoqda. Yoki o‘rikni olaylik, bizda55 sentdan sotilgan holda Fransiya 2 dollar, Ispaniya 1,6,AQSH19,70, Iordaniya 27,52 dollarda xaridor topishni uddalamoqda.

 

Sayyora Shoyeva, O‘zA