Nukus shahri A.Qodiriy ko‘chasida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Qodirboy ota Narmanov xonadoniga tashrif buyurilib, uning holidan xabar olindi.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlarning xotirasini abadiylashtirish, bugun ham saflarimizda turib Vatan obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo‘shayotgan faxriylarni e’zozlash maqsadida “Inson qadri ulug‘, xotira muqaddas” shiori ostida bayramoldi tadbirlari tashkil etilmoqda.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqovning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi doirasida Nukus shahri A.Qodiriy ko‘chasida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Qodirboy ota Narmanov xonadoniga tashrif buyurilib, uning holidan xabar olindi.