“Roskosmos” va “NASA” kosmonavtlari Sergey Prokopev, Dmitriy Petelin va astronavt Frenk Rubio Xalqaro kosmik stansiyadagi eng uzoq muddatli xizmatdan keyin Yerga qaytib tushdi. Ular koinotda 371 kun bo‘ldilar, deb xabar berdi “Roskosmos” davlat korporatsiyasi.

“Soyuz MS-23” kemasining tushiruvchi jihozi kecha reja asosida Qozog‘istonning Jezkazgan tumaniga kelib tushgan.

“Prokopev, Petelin va Rubio Xalqaro kosmik stansiya dasturi tarixida  eng uzoq vaqt fazoda ishlagani qayd etildi”, deyiladi xabarda.

Korporatsiya ma’lumotida Prokopevning bu koinot safari ikkinchisi ekani, u umumiy hisobda orbitada 567 soatdan ortiq hamda sakkiz marta, jami 55 soatdan ziyod ochiq koinotda bo‘lgani qo‘shimcha qilingan.

Petelinning esa ochiq koinotga olti marta chiqib, 39 soat bo‘lgani keltirilgan.