AQSH sobiq Prezidenti Donald Tramp o‘ta manfaatli shartda kredit olish maqsadida aktiv va daromadi miqdorini noqonuniy ravishda oshirilishi bilan bog‘liq firibgarlikda ayblandi.
“DW” agentligi xabariga ko‘ra, Nyu-York shtati sudi sudyasi Artur Engoron 26 sentyabrda shunday qaror chiqargan. 2022 yil sentyabr oyida mazkur shtat bosh prokurori Letitsiya Jeyms sobiq davlat rahbari va uning farzandlari Erik, kichik Donald va Ivanka Trampga nisbatan fuqarolik da’vosi kiritgan edi. Keyinroq Ivanka bu ro‘yxatdan chiqarildi.
Da’vo bo‘yicha asosiy sud majlisi 2 oktyabrga mo‘ljallangan.
“Reuters” agentligi asosiy masala javobgar keltirgan zararning miqdori va qoplanishi bilan bog‘liq.
Mahkama hujjatlarida 2011-2021 yillar orasida “Trump Organization” oilaviy xoldingi “ manfaatli shartda kredit olish yoki imtiyozni saqlab qolish” maqsadida o‘z aktivini milliardlab dollarga ko‘tarib taqdim etgan. Bunday qalloblik natijasida ayblanuvchi “noqonuniy iqtisodiy vositalar va noqonuniy foyda hisobiga millionlab dollar” ishlab olishiga yo‘l ochilgan”, deyiladi.
Bosh prokuror Trampga 250 million dollar jarima belgilashni so‘ragan. Mazkur fuqarolik ishi bo‘yicha qamoq jazo ko‘zda tutilmaydi. Trampning o‘zi ayblarning barchasi siyosiylashgani va uning 2024 yil prezidentlik saylovida qatnashishi uchun to‘siq qo‘yishga qaratilganini ta’kidlab keladi.
O‘zA