18 nafar shaxs O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi

Toshkent shahar hokimligida Prezidentimiz farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan 18 nafar shaxsga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportlari topshirildi.
Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlashda alohida e’tibor qaratilayotganligi ta’kidlandi.
– Men, ushbu kunni qaytadan tug‘ilgan kunim deya, e’tirof etdim, – deydi M.Qurbonov. – Go`yo tush ko‘rayotgandekman. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga o‘zim nomimdan, bu baxtni yillar davomida mendek intizor kutgan oilam nomidan minnatdorchilik bildiraman.
Fuqarolik pasportlarini Toshkent shahar hokimi v.b J.Artiqxodjayev topshirdi.

 

 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA