news.sky.com ma’lumotlariga qaraganda, aprel oyida ham harorat chidab bo‘lmas darajada keskin ko‘tarilib ketishi oqibatida o‘nlab odam hushidan ketgan, hatto issiqdan saqlanish maqsadida kanalga tushgan ikki o‘smir cho‘kib ketgan.
Washington Post gazetasining ob-havo bo‘yicha eksperti Kristofer Bert buni rad etdi. Uning aytishicha, 2001 yil aprel oyida Meksikaning Santa-Roze shahrida issiq havo harorati 51°C (123.8F)ga yetgan.
Lekin Osiyo qit’asida bu holat ilk bor kuzatilganligi uchun, Butunjahon meteorologiya tashkiloti Navabsha viloyatidagi aprel oyining bunday issiq haroratini qayd etdi.
Bugun Pokiston elektr tarmog‘ini uzib qo‘yishini ma’lum qildi, bu esa odamlarning ahvolini yanada og‘irlashtiradi.
Ginnesning rekordlar kitobida qayd qilingan eng yuqori harorat 1913-yilning iyulida AQSHning O‘limlar vodiysida kuzatilgan bo‘lib, 56,7 °C (134.1F)ga yetgan.