Pentagon “Huawei” va ZTE smartfonlari sotuviga taqiq qo‘ydi

AQSH mudofaa vazirligi mamlakat harbiy bazalaridagi savdo shoxobchalarida Xitoy kompaniyalari “Huawei” va ZTEda ishlab chiqargan smartfonlarni sotishni taqiqladi.

Bu haqda “The Wall Street Journal” nashri xabar beradi.

Pentagon vakili Deyv Istbernning izohlashicha, “Huawei” va ZTE qurilmalari harbiylar, vazirlik ma’lumotlari va faoliyatiga xavf soladi. Shu boisdan harbiy savdo shoxobchalarida smartfonlarni sotishni davom ettirish aqlsizlikdan boshqa narsa emas.

Ma’lum bo‘lishicha, Pentagonning AQSH harbiy bazalardagi savdo shoxobchalarda “Huawei” va ZTE smartfonlarini sotishni taqiqlash haqidagi buyrug‘i o‘tgan haftada chiqqan. Taqiqlovmobil internetga mo‘ljallangan modemlar va uyalialoqaning boshqa qurilmalariga ham tegishlidir. Ammo, nashrning yozishicha, vazirlik xodimlari ishda“Huawei” va ZTEga tegishli uyali aloqa qurilmalarini ishlatishda davom etishi mumkin.

AvvalroqAQSH Federal qidiruv byurosi, Markaziy razvedka boshqarmasi va milliy xavfsizlik agentligi amerikaliklarga “Huawei” vaZTE mahsulotlaridan foydalanmaslikni tavsiya qilgani haqida OAV xabar tarqatgan edi.FQB, MRB va MXAmazkur kompaniyalar smartfonlari Qo‘shma Shtatlar aholisi xavfsizligiga tahdid soladi, deb hisoblar ekan.

Kiberxavfsizlik Vashington va Pekin munosabatlarida eng muammoli va yechim topmayotgan masalalardan biridir. Boisi, AQSH Xitoyni xakerlar xujumida doim ayblab kelsa, XXRo‘z navbatida ayblovni asossiz, deb hisoblab, uni rad etib keladi.

 

Malohat Husanova, O‘zA