Germaniyada baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha o‘tayotgan jahon chempionatida hamyurtimiz Artur Guliyev oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Kanoechimiz poygada 200 metr masofaga marraga birinchi bo‘lib yetib keldi.
Ushbu g‘alabaning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, bu yo‘nalishda o‘tgan jahon chempionatlarida hamyurtlarimiz so‘nggi marta 13 yil oldin oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.
O‘shanda Vadim Menkov 2010 yilgi dunyo birinchiligida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy olgan.
Bu yilgi musobaqaning kumush va bronza medallari Xoan Moreno (Ispaniya) hamda Oleksii Koliadix (Polsha)ga nasib etdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA