O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahridagi Inxa universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Toshkent shahridagi Inxa universitetini tashkil etish bo‘yicha idoralararo komissiya faoliyati tugatilib, universitetda o‘quv jarayonini tashkil etish va o‘qitish uchun malakali professor-o‘qituvchilar, shu jumladan chet ellik mutaxassislarni jalb etish vazifasi universitetning o‘ziga, har o‘quv yilida universitetga qabul kvotalarini belgilash vazifasi esa o‘quv dargohi Vasiylik kengashiga o‘tkaziladi.

Universitetning Inxa universiteti (Koreya Respublikasi) ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilariga belgilangan namunadagi Inxa universiteti (Koreya Respublikasi) diplomi, Inxa universiteti (Koreya Respublikasi) bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi diplomlar beriladi.

O‘zA