Toshkentda 27-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Abdusalom Azizovning Pokiston Islom Respublikasining Quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondoni, general-leytenant Qamar Jovid Bajva boshchiligidagi harbiy delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda harbiy-sanoat kompleksi va harbiy kadrlar tayyorlash sohasida, shuningdek, harbiy va harbiy-texnik sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollariga oid masalalar muhokama qilindi.

Tashrif davomida Pokiston delegatsiyasi a’zolarining Samarqand shahriga borishi va bu yerdagi tarixiy-madaniy yodgorliklar bilan tanishishi ham ko‘zda tutilgan.

 

Ablay Kamalov, O‘zA