Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi qizg‘in davom etmoqda.
Ayni paytda Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari B.Qo‘chqorov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda rais o‘rinbosari ovoz berish jarayonida ishtirok etgan saylovchilar soni haqida ma’lumot berdi.
— Bugun ertalab soat 8:00 da mamlakatimizda tashkil etilgan 10 ming 784 ta saylov uchastkasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ovoz berish boshlanib, qizg‘in davom etmoqda. Shuningdek, 39 ta xorijiy davlatdagi vakolatxonalar huzurida tuzilgan 56 ta saylov uchastkasida ham ovoz berish jarayonlari tashkil etilmoqda.
11:00 ga qadar respublikamizdagi jami saylovchilarning 6 million 463 ming 874 nafari yoki 33,54 foizi ovoz berishda ishtirok etdi.
Muhtarama Komilova, Oybek Pardayev (surat), O‘zA