Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga “Isroil modeli” asosida, mamlakat NATOga a’zo bo‘lgunga qadar xavfizlik kafolatini berishga tayyor. Bu haqda Prezident Jo Bayden “CNN” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hali NATOga kirishga tayyor emas, bu jarayon “barcha shartlar bajarilishi uchun ma’lum vaqt talab etadi”.
Amerika rahbari “ayni masalani Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muhokama qilgan”ini ta’kidladi.
– Biz Isroilga mudofaa uchun zarur qurol-aslaha, jihozlar yetkazib berish usuli bilan xavfsizlikni ta’minlashga tayyorligimizni aytdim, – dedi AQSH Prezidenti. – Jarayon “otashkesin to‘xtab, tinchlik muzokarasi boshlanguncha” sharti asosida davom etadi. Kiyevning Shimoliy Atlantika alyansiga ziddiyat tugamasdan a’zo bo‘lishi NATO va Rossiya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvni yuzaga keltiradi.