Prezident Sadir Japarov Qirg‘iziston qarorgohi uchinchi mamlakatda joylashgan xorijiy davlatlar elchixonalari uchun yer ajratishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Qirg‘iziston yetakchisi Falastin, Quvayt, Bahrayn, Daniya va Gruziya mamlakatlarining Favqulodda va muxtor elchilari bilan uchrashuvda shu haqda ma’lum qildi. Prezident ta’kidlashicha, Qirg‘iziston mustaqillikka erishgandan keyin dunyoning barcha mamlakatlari bilan siyosiy muloqotni, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirib kelmoqda. Jumladan, Falastin, Quvayt, Bahrayn, Daniya va Gruziya bilan ham o‘zaro manfaatli, samarali sheriklikni yo‘lga qo‘yishga tayyor. Bu uch davlat Bishkekda elchixona binosiga ega emasligi bois, qarorgohi uchinchi mamlakatda joylashgan. Prezident elchilarni Qirg‘izistonda diplomatik missiya ochishga chaqirib, buning uchun Bishkekda yer ajratishga tayyor ekanini bildirdi.