“Pew Research Center” markazi olib borgan so‘rov jarayonida amerikaliklarning qariyb yarmi mamlakat Prezidenti 60 yoshga kirmagan bo‘lishi kerak, degan fikrni bildirgan. 5 ming 115 kishi ishtirok etgan tadqiqotda davlat rahbarligiga saylanadigan fuqaro 50-60 yosh oralig‘ida bo‘lishi kerak, degan odamlar 49 foizni tashkil etgan. Respondentlarning 24 foizi bu me’yorni 60-70 etib belgilashni ma’qullagan. So‘rovga javob berganlarning 17 foizi esa 40-50 yosh atrofidagi nomzod AQSH rahbarligiga saylanishi tarafdori.
Respondentlarning atigi uch foizi prezidentlik uchun eng maqbul davr 70 yoshdan yuqori ekanini ta’kidlagan. 2024 yil bo‘lib o‘tadigan saylovda ishtirok etish ehtimoli eng yuqori nomzodlar hozircha 80 yoshli amaldagi Prezident Jo Bayden va 77 yoshli sobiq yetakchi Donald Tramp hisoblanadi.