Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi «Asakabank» aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda farmatsevtika sohasida faoliyat yuritayotgan kadrlar salohiyatini oshirish yuzasidan maxsus malaka oshirish kurslarini tashkil etishini ma’lum qildi.

Malaka oshirish dasturi davomiyligi 36 soatni tashkil etadi. Mashg‘ulotlar onlayn yoki offlayn shaklda 3 hafta davomida haftasiga 5 kun olib boriladi. Malaka oshirish kursi Buyuk Britaniyaning De Montfort va Sunderland universitetlari magistrlari tomonidan olib boriladi.

Dastur Buyuk Britaniyaning umume’tirof etilgan materiallari va uslublari asosida tayyorlangan va farmatsevtika va sog‘liqni saqlash tashkilotlarida faoliyat yurituvchi barcha oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli xodimlar hamda mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.

Farmatsevtika texnik universiteti tomonidan o‘tkaziladigan malaka oshirish kurslari bepul bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:

«Dori vositalarining sifatini loyihalashga kirish» (Pharmaceutical Quality by Design);  

«Farmatsevtlar uchun boshlang‘ich ingliz tili» (General English for Pharmacists – A1)  

Malaka oshirish kurslarida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar o‘zlari haqidagi ma’lumotlar (ariza)ni ushbu havolada https://phtu.uz/news/64800d4a3257f291e51f76f5 keltirilgan jadval ko‘rinishida taqdim etishlari lozim. To‘ldirilgan arizani info@pharmatechuni.uz elektron pochta manziliga yuborish mumkin.  

Ariza taqdim etish muddati joriy yil 18 iyulga qadar.

Reklama

O‘zA