Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘ng‘irot tumani prokuraturasi haydovchisi J.Q. boshqaruvidagi Neksiya-3 rusumli avtotransport vositasi yo‘l harakati qoidalarini buzib, qarama-qarshi yo‘nalishdan piyodalarga yo‘l bermasdan xarakatlanganligi holati tarqaldi.

Bu haqida Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi rasmiy munosabat bildirdi. Unda qayd etilishicha, mazkur holat Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olinib, tuman prokuraturasi haydovchi J.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirildi.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA