Xitoy va Yevropa Ittifoqi manfaatlari bir-biriga yaqinligi sababli, hech bir sohada raqobatlashmaydi. Bu fikrni Xitoy Bosh vaziri Li Syan Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel bilan Parijda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bildirdi.
Li Syanning “XXR va YeI o‘rtasida hech qanday fundamental manfaatlar to‘qnashuvi yo‘q, har ikki tomon bir-birining rivojlanishidan foyda ko‘rdi”, so‘zlarini “Sinxua” iqtibos sifatida keltirgan.
Mulozimning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy va YeI xalqaro munosabatda strategik avtonomiya va ko‘p tomonlama tamoyillarga amal qiladi, iqlim o‘zgarishi kabi global muammolar bo‘yicha keng konsensusga ega.
Xitoy va YeI mustahkam o‘zaro ishonch va muvaffaqiyatli hamkorlik orqali bir-birining xavotirini yo‘qotishi kerak, degan yana Chin siyosatchisi.
U Mishelga XXR global ishlab chiqarish va ta’minot zaxirasini ko‘paytirishi dunyoga yangi imkoniyat, barqarorlik olib kelishini ta’kidladi.
Bu Li Syanning XXR hukumat rahbari sifatidagi ilk xorijiy safari. Bryusseldan oldin u Germaniyaga borgan, hozir esa Fransiyada.