Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston “G“ guruhidan joy oldi.

Guruhda terma jamoamiz Iroq, Malayziya va Kambodja termalari bilan kuch sinashadi. Saralash bosqich o‘yinlari oktyabr oyida o‘tkaziladi.

Bizning guruhdagi uchrashuvlar O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.

Dastlabki uchrashuv 7 oktyabrda Kambodjaga qarshi bo‘lib o‘tsa, 9-oktyabr sanasida futzalchilarimiz Malayziya termasiga qarshi to‘p tepadi. Guruhdagi so‘nggi uchrashuv 11-oktyabr kuni Iroqqa qarshi bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, saralash turnirida guruh g‘oliblari va eng yaxshi ikkinchi o‘rinni egallagan 7 ta jamoa musobaqaning final bosqichiga yo‘l oladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA