Joriy yil 2 iyulda aralash jang san’atlari ustasi Nursulton Ro‘ziboyev “UFC” turnirida ilk jangini o‘tkazadi.
AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan “UFC Fight Night” turnirida hamyurtimizning braziliyalik Bruno Ferreyraga qarshi oktagonga ko‘tarilishi kutilmoqda.
Ferreyra bugunga qadar professional faoliyati mobaynida 10 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. “UFC” da esa bitta jang o‘tkazgan va unda Gregori Rodrigesni mag‘lub etgan.
Eslatib o‘tamiz, “UFC Apex” arenasida o‘tadigan ushbu turnirning markaziy jangi amerikalik Shon Striklend hamda rossiyalik Abusupiyan Magomedov o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA