“Oshiqlar shahri” yoki “Oq marmarli shahar”

Jurnalist kasbini tanlab xato qilmadim, deb o‘ylayman. Shu kasb orqali bir qator xorijiy davlatlarda bo‘lish nasib qildi. Turkmaniston poytaxti bo‘lmish Ashxabod men tashrif burgan 17-chi xorijiy shahar bo‘ldi.
“Oshiqlar shahri” degan ma’noni anglatuvchi Ashxabodni bir so‘z bilan ta’riflaydigan bo‘lsak, “Oq marmarli shahar”, desak to‘g‘ri bo‘ladi. 1881 yilda asos solingan Ashxabod Eron bilan chegaradan 25 kilometr Shimolda joylashgan. Rasmiy statistikaga qaraganda, shaharda 1 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi.
14.jpg
Bugungi kunda Ashxabod nafaqat Turkmaniston poytaxti, balki mamlakatning sanoat, ilm-fan, madaniyat markazi va mintaqadagi eng go‘zal shaharlardan biri sifatida tan olinadi. Shahardagi binolarning rangi faqat oq bo‘lib, asosan 12 qavatli. Birinchi qavatida savdo do‘konlari, turli tadbirlar o‘tkaziladigan koshonalar joylashgan. Bizlarga aytishlaricha, Ashxabod bir necha bor (masalan, oq marmarli binolarining soni bo‘yicha) Ginnesning rekodlar kitobiga kiritilgan. Bu kitobga Ashxabod xalqaro aeroporti ham kirgan.
10.jpg
“O‘g‘uzxon va uning o‘g‘illari” deb nomlangan favvoralar majmuasi xalqaro aeroport yaqinida bo‘lib, Ginnecning rekordlar kitobiga kiritilgan.
12.jpg
Shahar ko‘chalari va yo‘llari alohida mavzu. Yo‘llar keng va ravon. Piyodalar uchun yer osti va yer usti yo‘laklari qurilgan. Bir so‘z bilan aytganda, Ashxabodda yo‘l transport hodisasi yuz berishiga biror bir sabab yo‘q. Jamoat transporti haqida gapiradigan bo‘lsak, shaharda tramvay, trolleybuslar yo‘q (troleybus 1964-yilning oktyabridan 2011-yilning 31-dekabriga qadar qatnaganini aytishdi). Avtobuslar qatnaydi, xolos. Faqat oq rangli Mercedes-Benz va Hyundai rusumli avtobuslarni ko‘rdik.
13.jpg
Bekatlari bir biriga o‘xshamaydi. Iloji boricha har bir bekat televizor bilan jihozlangan. Transport tirbandligiga barham berish maqsadida 2008-yilda Ashxabodda xalqa yo‘li qurilishiboshlandi.
11.JPG
Menga Ashxabodning yana bir narsasi yoqdi. U ham bo‘lsa park va xiyobonlarining ko‘pligi. Yam-yashil daraxtlar shaharga o‘zgacha ko‘rk berib turibdi.
15.jpg
Shahar chetida golf maydoni qurililgan.
18.jpg
Turkmanistonda yettita telekanal – “Oltin asr”, “Turkmaniston”, “Yoshlar”, “Ashxabod”, “Meros”, “Turkman sporti”, musiqiy “Turkman ovozi” faoliyat yuritadi. “Turkmaniston” telekanali ko‘rsatuvlari faqat ingliz tilida namoyish etiladi.
19.jpg
Turkmanlar Axalteka oti (Ahal-teke aty) bilan fahrlanishadi. 5000 yillik tarixga ega bu ot fahrlanishga arziydi.
Axalteka zoti boshqa otlardan tashqi ko‘rinishi bilan ajralib turadi. Shuningdek, bu ot zoti o‘zining mag‘rurligi bilan boshqa otlardan farq qiladi.
17.jpg
Shu sababli ham axalteka otiga alohida e’tibor qaratiladi. Ot o‘z xo‘jayiniga sadoqatli ekani tan olinadi. Otning nomi Axal vohasida istiqomat qiluvchi turkmanlarning teke qabilasi nomidan kelib chiqqan. Axalteka oti Turkmaniston davlat gerbida, pul belgilarida, pochta markalarida ham o‘z aksinitopgan.
Axalteka oti “hukmdorlar oti” deya tan olingan. Turkmaniston rahbarlari eng hurmatli mehmonlarga axalteka zotli otni sovg‘a qilishgan. Bu zotli ot sovg‘a qilingan F.Mitteran, D.Meydjor, B.Yelsin, V.Putinlar qatorida O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov va Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ham borligini alohida ta’kidlab o‘tishimiz kerak.

 

Sharofiddin To‘laganov