FOTOREPORTAJ
Nukus shahridagi “Istiqlol” bolalar dam olish markazida 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari” shiori ostida festival bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan tashkil etilgan tadbirda taniqli estrada yulduzlarining konsert dasturlari, iqtidorli o‘quvchi yoshlar tomonidan yaratilgan hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi hamda to‘garak a’zolari ijrosidagi ashula va raqslar namoyish etildi.
Festival doirasida faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA