“Qalqon – 2023″
Toshkent harbiy okrugi “Angren” dala o‘quv maydonida O‘zbekiston va Qozog‘iston Qurolli Kuchlari bo‘linmalari hamkorligidagi “Qalqon – 2023» maxsus-taktik o‘quvlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.
bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida notinchlik, keskinlik va qurolli to‘qnashuvlar o‘zaro muloqotlarda hal qiluvchi kuch sifatida namoyon bo‘layotgani va ular mintaqamiz yaqinida yuz berayotgani harbiy sohadagi hamkorlikni yanada kuchaytirishga undamoqda. Boshlanayotgan maxsus-taktik o‘quv ham ikki mamlakatning harbiy sohadagi uzoq yillik tarixiy asoslarga ega do‘stona munosabatlarining yana bir timsolidir.
Tadbirda Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Zokir Sayfuddinov so‘zga chiqib, ikki davlat o‘rtasida harbiy sohada yaqin hamkorlikning o‘rnatilishi Markaziy Osiyo mintaqasidagi xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Mazkur hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlari O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy xizmatchilari uchun o‘zaro tajriba almashish, eng muhimi, hamjihatlik va do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
O‘zA