Amerikaning “Tesla” kompaniyasi XXR Shanxay shahrida “Megapack” akkumulyatorlari ishlab chiqarish bo‘yicha ikkinchi mega zavodi barpo etilishini ma’lum qildi.

Mazkur majmua foydalanishga topshirilishi energiya tizimini barqarorlashtirish, elektr uzilishi oldini olishga yordam beradi.

“Sinxua” agentligi xabariga ko‘ra, yangi zavod qurilishi joriy yil uchinchi chorakda boshlanadi, ishlab chiqarish esa 2024 yil ikkinchi chorakda yo‘lga qo‘yiladi.

“Tesla”ning yangi ishlab chiqarish maydoni birinchi bosqichda umumiy quvvati 40 GVt/s energiya bilan yiliga 10 ming dona “Megapack” akkumulyatori ishlab chiqaradi. Tayyor mahsulot butun dunyo bo‘ylab sotiladi.

G. Abdullayeva, O‘zA