AQSH Prezidenti Jo Bayden bundan uch yil avval koronavirus pandemiyasi tufayli mamlakatga joriy qilingan va hozirgacha davom etib kelayotgan favqulodda vaziyat rejimini bekor qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi, deyiladi Oq uy tarqatgan xabarda.

Favqulodda vaziyat rejimi 2020 yil 31 yanvarda joriy qilingan edi. Shundan buyon mamlakatda turli cheklov choralari amal qilib kelinayotgan edi. Avvalroq Oq uy kongressga ushbu rejimni yana bir oyga cho‘zmoqchi va shundan keyin bekor qilmoqchi ekanini ma’lum qilgandi. Biroq qonun chiqaruvchilar favqulodda vaziyat rejimini zudlik bilan bekor qilish bo‘yicha qonun loyihasini ma’qulladi, deyiladi xabarda.