Xitoy janubidagi Xaynan provinsiyasi Xaykou shahrida III Xalqaro iste’mol tovarlari ko‘rgazmasi boshlandi, deb xabar berdi “Sinxua”.
Anjumanda 60 mamlakatning 3100 brendi mahsuloti namoyish qilingan. Ta’kidlash joiz, 300 dan ziyod kompaniya mazkur ko‘rgazmada ilk bor ishtirok etmoqda.
15 aprelgacha davom etadigan Xaynan ko‘rgazmasi ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, xorijiy bozordan yuqori sifatli mahsulot importini kengaytirishga xizmat qilishi e’tirof etilyapti.
G. Abdullayeva, O‘zA