“Alyans bosh kotibi va rasmiy Stokgolmning bayonotiga qaramay, Turkiya Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishini ma’qullashi hali “uzoq nuqtada” turibdi, deb bayonot berdi mamlakat tashqi siyosat idorasi rahbari Mavlud Chavusho‘g‘li, – A Haber nashriga bergan intervyusida.
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Finlyandiyaning alyansga a’zo bo‘lishi marosimidan keyin, Shvetsiya ham Shimoliy alyans shartnomasiga qo‘shilishning barcha shartlarini bajargani haqida aytgan edi. O‘z navbatida, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li terrorizmga qarshi kurash Anqaraning Shvetsiyani NATOga a’zo bo‘lishini ma’qullash sharti hisoblanadi, dedi.
2023 yilgacha Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishini 30 a’zo mamlakatdan 28 tasi ma’qullagan edi.
Vengriya va Turkiya Shvetsiya arizasini finlarnikidan alohida tarzda ko‘rib chiqish istagini bildirishgan. 31 mart kuni alyansning barcha a’zosi Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lishini ratifikatsiya qildi. Shvetsiyaning arizasi esa hamon Vengriya va Turkiya tomonidan ma’qullanmayapti.