Bugun, 11 aprel kuni poytaxtimizdagi Olimpiya zaxiralari tennis maktabida ayollar o‘rtasida norasmiy jahon chempionati hisoblangan “Billi Jin King” kubogi (sobiq Federatsiyalar kubogi)ning Osiyo-Okeaniya mintaqasi saralash bosqichi start oladi.

Unda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Xitoy, Janubiy Koreya, Hindiston, Yaponiya va Tailand tennischi qizlari bilan 1-guruhda keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

2023 yilning eng muhim tennis musobaqalaridan biri sanalgan mazkur kubokda Oqgul Omonmurodova, Sevil Yuldosheva, Sabrina Olimjonova, Maftuna Qahramonova, Gulsina Xalimullinadan iborat tarkib yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Reglamentga ko‘ra, jamoalar har kuni aylana tizimida o‘zaro bahs olib borishadi.

Xalqaro turnir musobaqalari 15 aprelga qadar davom etadi.

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA