O‘q otish sporti bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ayni kunlarda Peru poytaxti Lima shahrida o‘tkazilayotgan Janubiy Amerika ochiq kubogida ishtirok etmoqda.

Jahon kubogining ortda qolgan kunlarida ikki nafar merganimiz shiddatli bashlar yakunida oltin medalga sazovor bo‘ldi.

10 metrga pnevmatik miltiqdan otish dasturida Javohir Sohibov va Gulbonu Qambarbekova eng yuqori natija qayd etib, musobaqa g‘olibiga aylandi. Har ikki sportchimiz oltin medal uchun kechgan final musobaqasida argentinalik raqiblarini ortda qoldirishga erishdi.

“Parij-2024” Olimpiadasining reyting ochkolari o‘ynalayotgan musobaqalar ertaga o‘z poyoniga yetadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA