Turkiyaning birinchi “IMECE” yuqori aniqlikdagi kuzatuv sun’iy yo‘ldoshi 11 aprel kuni orbitaga chiqariladi.

“Turkiya rivojlanish imkoniyati va texnologiyasini ta’minlagan holda tayyorlangan kadrlar orqali global fazoviy poygadagi ishtirokini davom ettiradi”, — deb yozgan ushbu davlat rahbari ijtimoiy tarmoq orqali. Axborotga sun’iy yo‘ldosh xususiyati aks etgan surat ham ilova qilingan.

“IMECE” Turkiya fazo texnologiyalari tadqiqot instituti muhandislari tomonidan yaratilgan.

Ma’lumotga ko‘ra, sun’iy yo‘ldosh uchirilishi munosabati bilan 11 aprel kuni institut hududida tashkil etiladigan maxsus marosim ishtirokchilariga Prezidentning video murojaati yo‘llanadi. Turkiyaning chet el sun’iy yo‘ldosh texnologiyasiga qaramligini bartaraf etishga qaratilgan mazkur voqea “Space X” tomonidan mahalliy vaqt bilan soat 09.50 da amalga oshiriladi.

“IMECE” loyihasini amalga oshirish 2017 yil Mudofaa vazirligi va Mudofaa sanoati boshqarmasi bilan kelishilgan holda boshlangan. Ayni jarayonda erishilgan natijalar keyingi avlod platformalarini yaratish uchun asos bo‘ladi.

Orbitada sinovdan o‘tkazilgach, og‘irligi 700 kg, o‘lchami 2×3.1 metrli qurilma Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi ixtiyoriga beriladi. Yo‘ldosh bir vaqtning o‘zida uzunligi 1000 km, eni 16.73 km maydonni suratga olish, sekundiga 320 megabayt umumiy ma’lumotni uzatish darajasida yer osti stansiyasiga surat yuklash imkoniga ega.

O‘zA