Bugun Pekin shahrida Eron va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi “The National” gazetasi.
Muloqot davomida tomonlar o‘zaro elchixonalarni ochish, havo qatnovini tiklash va har ikki mamlakat fuqarolariga viza berish tartibini soddalashtirishga kelishib oldilar.
Nashr ma’lum qilishicha, Qirollik va Eron Islom Respublikasi o‘rtasida, deyarli, yigirma yil oldin imzolangan xavfsizlik kelishuvi tiklanishi ham rejalashtirilgan. Mazkur hujjat terror, giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasi va jinoiy daromadni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni nazarda tutadi.
G.Abdullayeva, O‘zA