Turkiyaning Istanbul shahri 2036 yil bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini qabul qilish uchun Janubiy Koreya, Qatar, Germaniya, Meksika, Vengriya, Misr, Hindiston va Indoneziya bilan kurashga qo‘shildi. Bu haqda Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an Xalqaro olimpiya qo‘mitasi rahbari Tomas Bax bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Darvoqe, Istanbul oxirgi Olimpiada mezbonligiga ham harakat qilib ko‘rgan, raqobat so‘ngida kunchiqar yurt poytaxti g‘alaba qozongan edi.
Eslatib o‘tamiz, yozgi Olimpiya o‘yinlari 2024 yil Parij (Fransiya), 2028 yil Los-Anjeles (AQSH), 2032 yil Brisben (Avstraliya) shaharlarida tashkil etiladi.
O‘zA