Bolgariyaning Sofiya shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha yakunlangan Jahon kubogining navbatdagi bosqichida hamyurtimiz Taxmina Ikromova oltin va bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Xabar berganimizdek, musobaqaning ko‘pkurash yo‘nalishida bronza medaliga ega chiqqan Taxmina tasmadagi mashqda barcha raqiblarini ortda qoldirdi va 39.900 ochko bilan 1-o‘ringa ega chiqdi. 2-o‘rin qozog‘istonlik Eljan Taniyevaga, 3-o‘rin braziliyalik Barbara Domingosga nasib etdi.

Jahon kubogining navbatdagi bosqichida bolgariyalik Stiliyana Nikolova 35.000 ochko jamg‘arib 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, italiyalik Sofiya Rafayeli (33.150) hamda hamyurtimiz Taxmina Ikromova(31.750) ochkoga ega bo‘lgan tarzda keyingi pog‘onalardan joy olishdi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA