“Sun Media” axborot agentligi bosh muharriri o‘rinbosari, Singapurdagi “Indiplomacy” jurnali yetakchi muharriri Said Ja’far Alkoff O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohot haqida fikr bildirdi:
– Har qanday davlatda konstitutsiyaviy islohot muhimligini e’tirof etish joiz. Zero, ayni jarayon huquqiy asosni modernizatsiya qilish, takomillashtirish imkonini yaratib, pirovardida fuqarolar hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Qaror qabul qilishga jamoatchilikni jalb etish qarori esa O‘zbekistonning barqaror, gullab-yashnagan kelajagini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ovoz berishda aholining keng ishtiroki yanada demokratik tizim yaratish yo‘lidagi dadil qadamdir.
Muallif yana shunday deydi:
– Mamlakat rahbariyati fuqarolar tomonidan asoslangan qaror qabul qilinishi mamlakat taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlash salohiyatiga nisbatan ishonch va hurmatni ifodalaydi. OAV milliy referendum oldidan sodir bo‘layotgan voqealar to‘g‘risida fuqarolar xabardorligini ta’minlashi kerak.
Xulosa o‘rnida ta’kidlashni istardimki, konstitutsiyaviy islohotda xalq irodasiga tayanish haqiqiy demokratiya belgisidir. Referendumning muvaffaqiyatli yakunlanishiga umid qilamiz va Singapur jamoatchiligini O‘zbekistondagi so‘nggi voqealardan xabardor qilishda davom etamiz.
I.Abdumalikzoda, O‘zA