Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev farmoni bilan Murat Nurtleu Bosh vazir o‘rinbosari – тashqi ishlar vaziri etib tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
“Murat Nurtleu Abdugaliyevich Qozog‘iston Prezidenti administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etilib, respublika bosh vaziri o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri etib tayinlansin”, deyiladi hujjatda.
47 yoshli Nurtleu mamlakat rahbari ma’muriyatini 2022 yil yanvar oyidan beri boshqarib keladi. O‘tgan yillar davomida Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, respublika prezidenti ma’muriyati rahbarining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Qozog‘istonda 19 mart kuni parlament saylovlari bo‘lib o‘tgan edi.
30 mart kuni Alixon Smailov Qozog‘iston Bosh vaziri etib qayta saylangan edi.
O‘zA