Bolgariyaning Plovdiv shahrida qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Chempionatning birinchi kuni sablyachilar o‘rtasida yakkalik musobaqalari o‘tkazildi.

2 aprel kuni chempionat dasturiga binoan sablyachilar o‘rtasida medallar uchun asosiy musobaqalar tashkil etiladi.

Bellashuvlarda yigitlarimizdan amaldagi jahon chempioni Zuhriddin Qodirov, shuningdek, Sardor Abdukarimbekov va Niyatali Koptleunov, qizlarimizdan Fernanda Errera, Nargiza Jaksibayeva hamda Ayakoz Jumamuratova medallar uchun kurash olib boradi.

Qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi mazkur jahon chempionati 9 aprelga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz Zuhriddin Qodirov o‘tgan yili Dubayda o‘tgan jahon chempionati finalida germaniyalik sportchini mag‘lub etib, oltin medal bilan taqdirlangan edi.

T. RO‘ZIEV, O‘zA