AQSHning sakkiz shtatida yuz bergan kuchli tornado natijasida halok bo‘lgani aniqlangan insonlar 26 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda “CBS News” xabar berdi.

— O‘n minglab aholi istiqomat qiladigan hududlar elektr ta’minotidan uzildi, — deydi telekanal muxbiri. — Bundan tashqari, o‘nlab odam jarohatlangan.

“PowerOutage.us” monitoring xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Pensilvaniyada 140 mingga yaqin, Ogayoda 82 000, Virjiniyada 65 mingdan ziyod iste’molchi elektr ta’minotisiz qolgan.

“ABC News” shanba kuni Arkanzas, Missisipi, Ayova, Tennessi, Illinoys va Viskonsin shtatlarida tornado qayd etilganini yozdi. AQSH Milliy ob-havo xizmati juma kuni kechqurun to‘fon haqida ogohlantirilganini ta’kidlagan. Ushbu manzillarda 28 milliondan ko‘p odam yashaydi.

Tabiiy ofatdan Arkanzasning ma’muriy markazi va aholisi eng ko‘p Litl-Rok hududi jiddiy zarar ko‘rgan. Ko‘plab uylar shikastlangan yoki vayron bo‘lgan. Gubernator Sara Xakabi Sanders favqulodda holat e’lon qilib, hukumat shtatni qayta tiklash uchun hech qanday mablag‘ ayalmasligini bildirdi.