Fransiyaning Sen-Dize shahrida tennis bo‘yicha davom etayotgan ITF M25 toifasiga kiruvchi turnirda ishtirok etayotgan hamyurtimiz Humoyun Sultonov yarim finalda qatnashish huquqiga ega bo‘ldi.

Xabar berganimizdek, saralash o‘yinlarini muvaffaqiyatli o‘tkazgan tennischimiz ilk davrada fransiyalik Hugo Pontikoni 6/1, 6/1 hisobida mag‘lub etgan edi.

Chorak finalda Sultonov germaniyalik Florian Broskaga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 27 daqiqa davom etgan o‘yinda tennischimiz raqibini 6:1, 6:4 hisoblarida mag‘lub etdi va yarim finalga yo‘l oldi.

Endi Humoyun yarim finalda M.Martino —  L.Pullan o‘yini g‘olibiga qarshi kortga tushishga hozirlik ko‘rmoqda.

O‘zA