Bugun, 31 mart kuni Coca Cola Superligasining 4-tur uchrashuvlari boshlanadi. Tur doirasida ikkita uchrashuv o‘tkaziladi. “Surxon” Toshkentda “Buxoro”ni qabul qilsa, Farg‘onada “Neftchi” OKMK bilan ro‘baro‘ keladi.
Shuningdek, 4-turning ertaga, 1 aprel kuni o‘tadigan o‘yinlarida “Navbahor” – So‘g‘diyona”, “Qizilqum”-“Nasaf” uchrashuvlari, 2 aprel kuni “Bunyodkor” – “Turon”, “Metallurg” – “Paxtakor”, 3 aprel kuni esa “Olimpik” – “Andijon” jamoalarining o‘yini bilan 4-turga yakun yasaladi.
4-turdagi “Neftchi” – OKMK “dueli” turnir markaziy o‘yinlaridan biri bo‘lishi kutilmoqda. Aynan ushbu uchrashuv keyingi turlarda yetakchilar safi qanday ko‘rinish olishini belgilashi mumkin bo‘ladi, nazarimizda
Eslatib o‘tamiz, 3-tur o‘yinlaridan keyin O‘zbekiston Superliga bahslarida 9 ochko jamg‘argan “Neftchi” jamoasi peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, xuddi shunday ochkoga ega “Bunyodkor” to‘plar nisbatiga ko‘ra, 2-o‘rinda bormoqda. 6 ochkoga ega “Navbahor”, OKMK va “Nasaf” keyingi pog‘onalardan joy olib turibdi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA